Линклар

logo-print
Futbol bo'yicha Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tomas Brdarich Toshkentning "Bunyodkor" klubida sport ishlari direktori etib tayinlanishi mumkin.

36 yoshli Brdarich bilan bu borada muzokaralar ketayotgani haqida "qaldirg'ochlar" klubi matbuot kotibi Ulug'bek Mirzayev xabar berdi.

- Haqiqatdan ham, germaniyalik mutaxassis bilan bog'landik. Tomas Brdarich bugun Toshkentga uchib keladi va klubimiz bilan tanishadi. Uning klubda faoliyat olib borishi haqiqatga yaqin, - dedi "Bunyodkor" vakili Championat.uz veb-saytiga.
Professional futbolchilik faoliyatini Tomas Brdarich 1993 yili Bundesliganing "Shtutgart" klubida boshlagan. O'z faoliyati davomida u Germaniyaning "Fortuna", "Bayer 04", "Gannover" kabi klublarida to'p surgan. Germaniya terma jamoasida esa Tomas Brdarich 2002 yildan 2004 yilgacha faoliyat olib borgan va 8 uchrashuvda qatnashib, bir golga mualliflik qilgan.

Futbolchilik faoliyatidan so'ng futbol menejmentiga o'tgan Tomas Brdarich Toshkentda 15 dekabrdan 19 dekabrgacha bo'lishi aytilmoqda. Ushbu vaqt davomida u "Bunyodkor" klubi bilan yaqindan tanishib, klub rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi. Brdarich joriy yilning 29 noyabriga qadar Minskning "Dinamo" klubida faoliyat olib borayotgan edi.

- Minsk men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi. Biroq sport yo‘nalishida men erishmoqchi bo‘lgan maqsad va real holat bir-biridan men aslida o‘ylaganimdandan ancha uzoqda ekan. Toshkentning “Bunyodkor” klubi esa Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi sifatida umuman boshqa nomer hisoblanadi”, deya ta‘kidladi Tomas Brdarich “Sport Bild online” nashriga bergan intervyusida.

Eslatamiz, Toshkentning "Bunydkor" klubi rahbariyatida Ziko va Lui Filipe Skolari kabi taniqli braziliyalik murabbiylar faoliyat olib borgan. Klubning ayni damdagi bosh murabbiyi bir vaqtlardi O'zbekiston terma jamoasi yulduzi Mirjalol Qosimovdir.
XS
SM
MD
LG