Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:38

"Barselona" hujumchisi David Vilyaning oyog'i sindi


David Villa Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biridir.
David Villa Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biridir.
Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi hujumchisi David Vilya klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi o'tgan o'yinda oyog'ini sindirib oldi.

Bu hodisa uchrashuvning 32-daqiqasida ro'y berdi. Uzoqdan oshirilgan to'pni raqib jarima maydonchasida qabul qilib olgan Vilya ikki himoyachi orasida qoldi. To'pga bergan noaniq zarbasi tufayli gazonga noto'g'ri yiq'ilgan Vilyaning chap oyog'i suyagi o'rtasidan sindi.



Jarohati tufayli o'yinni davom ettirolmagan David Vilya o'rniga 39-daqiqada maydonga Aleksis Sanches tushirildi.

Xabarlarga ko'ra, Vilya turnir o'tayotgan Yokogama (Yaponiya) shahri kasalxonalarining biriga yotqizilgan. Forvardning jarohati qanchalik jiddiy ekani va uning qachon maydonga qaytishi bo'yicha hozircha aniq ma'lumot yo'q.

Vilya tark etgan uchrashuv esa 4:0 hisobi bilan "Barselona" foydasiga yakunlandi. Gollarga Adriano (dubl), Seydo Keyta va Maksvellar mualliflik qilishdi.



Elatamiz, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati finalida "Barsa" Braziliyaning "Santos" klubiga qarshi o'ynaydi. Final 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

30 yoshli David Villa Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biridir. U "Barselona" tarkibiga 2010 yili "Valensiya" klubidan o'tgan edi.
XS
SM
MD
LG