Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:14

Yangi yil arafasida Toshkentda go‘sht narxi arzonladi


Mutaxassislar buning bozorga bo‘lgan bir martalik aralashuv va mamlakatdagi chorvachilikning og‘ir holga tushgani bilan izohlamoqda.

CA News axborot agentligining yozishicha¸ ayni kunlarda poytaxt bozorlarida bir kilo go‘sht narxi o‘tgan oyga nisbatan 30 foizga arzonlagan.

Toshkentning aksar bozorlarida ham qo‘y¸ ham mol go‘shti narxining ayni kunlarda pasayganini poytaxt bozorlarida savdo qiluvchi tadbirkorlardan biri ham tasdiqlaydi.

- To‘ppa-to‘g‘ri. Haqiqat. Yunusobodda 12 ming yozib qo‘ygani bilan 13-14 ming sotayapti. 11-12 ming yozib qo‘yibdi, 13 ming sotayapti. 17-18 mingga chiqib ketgan edi. Yaxshi, sifatli go‘sht olaman desangiz, 18 mingga olasiz. Hamma bozorda shunaqa. 11 ming deb qo‘ygan go‘shtdan borku¸ ololmaysizda. Suyak bo‘lib yotibdi. Qo‘y go‘shti 12 ming, mol go‘shti 11 ming deb yozib qo‘yibdi¸ deydi Ozodlikning o‘z manbasi.

Odatda O‘zbekistonda bozorlaridan bunga teskari mazmunda – asosiy mahsulot narxlari muttasil oshib bormoqda¸ degan xabarlar kelishi bois¸ bunday arzonlash sabablarining o‘zi tekshiruvga muhtoj.

Toshkentdagi arzonlashdan yaxshi xabardor surxonlik chorvadorga ko‘ra¸ Yangi yil arafasida go‘sht narxining faqat O‘zbekiston poytaxtida arzonlaganiga iqtisodni monopoliya qilgan guruhlarning katta miqdorda go‘sht mahsulotlari olib kelib¸ bozordagi narxni o‘ynatgani sabab bo‘lgan:

- Toshkentda go‘sht arzon bo‘lishini men ham eshitgan gapim, men endi hujjatli bilmayman, lekin qandaydir interventsiya bo‘lgan. Qandaydir 60 mi undan ozroqmi vagon tashqaridan go‘sht kiritilgan Toshkentga. Bu Qozog‘istondan kelganmi yo Xitoydan Rossiya olmayotgan go‘shtlar kelganmi, shunday interventsiya bo‘ldi, Toshkentda go‘sht 12 mingga tushdi degan gaplar bo‘ldi¸ deydi O‘zbekistondagi chorvachilik vaziyatidan yaxshi xabardor Ozodlik manbasi o‘z ismi keltirilmasligi sharti bilan.

Toshkent bozorlaridan birida tadbirkorlik qilayotgan suhbatdosh¸ go‘sht narxining Yangi yil bayrami arafasida arzonlagani ortida ikki ikki omil borligini taxmin qiladi.

- Majbur qilayotgan bo‘lsa kerakda shunga hukumat. Majbur qiladiyu odatda. Ikkinchidan¸ yem qimmatda hozir. 800-900-1000 so‘mdan kunjara. Men ham qo‘y boqaman. 850-900 so‘mdan kunjara olayapmiz. Asosan viloyatlardan kelganlar Toshkentda arzonga mol sotayapti. Bu yil qurg‘oqchilik bo‘ldiyu, xashak qimmat. Xashaklar 10 mingga chiqib ketdi. Shuning uchun sotayapti. O‘tgan bozor qo‘ylar juda arzon bo‘lib ketdi . Qashqadaryo, Surxondaryodan keladi qo‘ylar Toshkentga¸ deydi Toshkent bozorlarida tadbirkorlik qilib¸ ayni paytda chorvachilik bilan ham shug‘ullanayotgan suhbatdosh.

Surxonlik chorvador¸ bu yilgi mavsumning janubdagi chorvachilik uchun o‘ta og‘ir kelganini ayta turib¸ qishning hozirgi sovuq kunlarida yemsiz-xashaksiz qolgan chorvador fermerlar o‘z mollarini so‘yib topshirish uchun Toshkentga olib kelayotganini tasdiqlaydi.

- Bir kilogramm bug‘doy unining Xitoy tegirmonlaridan chiqqandan keyin hech qanday ozuq birligi juda kam miqdorda qoladigan bir kilogramm kepagini bugungi kunda 750 so‘mdan zo‘rg‘a topish mumkinda. Men chorvachi bo‘lganligim uchun juda yaxshi bilaman. To‘yimlilik darajasi yoki bo‘lmasa tarkibidagi protein moddasi juda kamda. Hatto tovuqlarni oziqlantirishga bo‘lmaydi bu. Paxta yog‘idan chiqadigan kunjara degan yem turi bor. Buning narxi 1200 so‘m, lekin yo‘q¸der ekan surxondaryolik chorvador¸ bu omilning o‘ziyoq Toshkentda go‘sht narxining keskin tushishiga sabab bo‘lish uchun yetarli emasligini ta‘kidlaydi.

Bu mutaxassis¸ toshkentliklarni narx-navo tushibdi¸ degan xabardan ko‘p ham xursand bo‘lmaslikka¸ bayram o‘tib¸ begim kunlar boshlangach¸ go‘sht narxi yana hakalak otib ketishiga hozir bo‘lib turishga chaqiradi.

- Kechagi bozor emas¸ undan oldingi bozorda katta-katta buqalar ketmayotgan edi. Buqalarga spros yo‘q edi. Mana kechagi bzoorda yana osmonga chiqib ketdi buqalar. Men molga qiziqqanim uchun bozorda qoramollarga qarayman. Buqalar yana baland narxda sotildi. Keltirilgan N miqdordagi go‘sht bir vaqtda yoki biror haftada go‘shtni sal tushirish imkoniyati bo‘lishi mumkin interventsiya qilingan narsa. Ammo narxni bunaqa aralashuv bilan ushlab bo‘lmaydi¸deydi surxondaryolik chorvador suhbatdosh.

Norasmiy manbalarga ko‘ra¸ qariyb 7 million aholi istiqomat qilayotgan O‘zbekiston poytaxtida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi katta bayram va tantanalar arafasida¸ odatda¸ arzonlash emas¸ balki qimmatlash tamoyilidan boradi.

Xususan¸ O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan iyul oyida poytaxt bozorlarida bir kilogramm go‘sht narxi 20-22 ming so‘m, supermarketlarda esa 25 ming so‘mga chiqqan edi. Go‘sht narxining poytaxtda rasmiy kursda hisoblanganda 14 dollardan oshgani viloyatlarda ham go‘sht narxi keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG