Линклар

Islandiya Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi va u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatadi.

Reykьyavikning bu qadamini shu kunda Islandiya safarini davom ettirayotgan Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malkiy olqishladi.

Islandiya hukumati Falastinni 1967 yilgi 6 kunlik urushgacha bo‘lgan chegaralar doirasidagi suveren va mustaqil davlat sifatida tan oladigan bo‘ldi.

Joriy hafta boshida YuNESKO qarorgohida ilk bor Falastin bayrog‘i tikildi.

31 oktyabr kuni YuNESKO BMT qoshidagi tashkilotlar ichida birinchi bo‘lib Falastinni mustaqil davlat sifatida a‘zolikka qabul qilgan edi.
XS
SM
MD
LG