Линклар

Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFAning dunyoga mashhur hakami o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov futbol klublari jahon birinchiligining 2011 yilgi final o‘yinini ikkinchi marta boshqaradi.

Buni FIFA 16 dekabr kuni e‘lon qildi.

Ispaniyaning Barselona va Braziliyaning Santos futbol klublari o‘rtasidagi final o‘yini 18 dekabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va Baxodir Qo‘chqorov yon chiziq hakamlari bo‘ladi.

Ushbu hakamlar guruhi ilk bor futbol klublari jahon birinchiligi finalida Yevropaning Manchester Yunayted va Afrikaning LDU klublari o‘rtasidagi o‘yinni boshqargan edi.
XS
SM
MD
LG