Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:28

Janao‘zenda o‘lganlar dafn qilinmoqda


Qozog‘iston harbiy qo‘mondonlariga ko‘ra GONG rejasi askarlarga mushkul vaziyatda o‘q uzish huquqini beradi.
Qozog‘iston harbiy qo‘mondonlariga ko‘ra GONG rejasi askarlarga mushkul vaziyatda o‘q uzish huquqini beradi.
Qozog‘istonninn Janao‘zen shahrida ro‘y bergan to‘qnashuvlarda o‘lganlar soni 14 kishiga yetdi.

Buni Ozodlikning Qozog‘istondagi muxbiri rasmiy ma‘lumotlarga tayanib ma‘lum qildi.

Unga ko‘ra, zo‘ravonliklar paytida 86 kishi yaralangan.

O‘lganlardan birining 19 dekabr kuni dafn qilinishiga xozirlik ko‘rilmoqda.

Bu haqda bildirgan Ozodlikning Oqtovdagi muxbiriga ko‘ra askarlar o‘q uzish haqida buyruq olishmagan va GONG rejasi bo‘yicha harakat qilishgan.

Qozog‘iston harbiy qo‘mondonlariga ko‘ra GONG rejasi askarlarga mushkul vaziyatda o‘q uzish huquqini beradi.

Rasmiylarga ko‘ra, Janao‘zen shahrida joriy qilingan komendantlik soatiga rioya qilmagan o‘nlab fuqaro qo‘lga olingan.

Inson huquqlari himoyachilari to‘qnashuvda o‘lganlar soni rasmiy ma‘lumotlarda bildirilganidan ko‘p ekanini aytmoqda.

Lekin buni mustaqil manbalar orqali tasdiqlash imkonsi. Boisi Qozog‘iston hukumati barcha mustaqil saylarga to‘siq qo‘ygan va uyali telefon aloqasini o‘chirgan.

17 dekabr kungi voqea bo‘yicha prokuratura e‘lon qilgan bayonotda Shetpe qishlog‘idagi zo‘ravon namoyishchilarni tarqatish uchun politsiya qurol ishlatgani ma‘lum qilingan.

Hujjatda o‘qdan yaralangan 12 kishi kasalxonaga olib borilgani va ulardan biri kasalxonada jon bergani ma‘lum qilingan.
XS
SM
MD
LG