Линклар

O‘zbekiston "Oila" ilmiy-amaliy markazi ayollar uchun minimal nikoh yoshini 17 dan 18 yoshga o‘zgartirish taklifi bilan chiqdi.

Tashabbusga ko‘ra, yosh erga tegayotgan qizlar tez ajralib ketmoqda.
“Oila” markazi mutahassislari o‘zbek qizlarining 17 yoshda emas¸ balki 18 yoshda rasida bo‘lishini aytishgan.

Qizlarning 17 yoshida erga tegishiga izn berilishi Sovet Ittifoqi davridan qolgan qoida.

Sovet Ittifoqida nikoh yoshi turli hududlarda turlicha bo‘lgan. Masalan Ukraina va Moldovada 16 ësh¸ Rossiya federatsiyasida va Turkmanistonda 18 ësh¸

O‘zbekiston va Tojikistonda 17 yosh qilib belgilangan edi.

Shu yil boshida Tojikiston hukumati qizlarning erga tegish yoshini maxsus qonun bilan bir yilga uzaytirdi.
XS
SM
MD
LG