Линклар

logo-print
Dunyodagi eng katta online ijtimoiy tarmoq bo'lmish Facebook saytidagi o'zbekistonliklarning soni 100 mingdan oshdi.

Tarmoqning dekabr oyida yangilangan statistikasiga ko'ra, ayni damda Facebookda 800 milliondan ziyod foydalanuvchi ro'yxatdan o'tgan. Ularning 106 mingi esa o'z yashash joyini O'zbekiston deya ko'rsatgan.

Solishtiradigan bo'lsak, joriy yilning boshida bu raqam 50 ming atrofida edi. Ya'ni, Facebookdan foydalanuvchi o'zbekistonliklar soni bir yil ichida ikki barobarga oshgan.
Facebook ijtimoiy tarmog'i 2004 yili 21 yoshli Garvar talabasi Mark Zukerberg va uning do'stlari tarafidan ishga tushirilgan.

Facebook foydalanuvchilari bo'yicha O'zbekiston 200 mamlakat ichida 141-o'rindadir. Eng facebookchisi ko'p mamalakat bo'lib AQSh hisoblanadi. Tarmoqdagi amerikaliklar soni 157 milliondan ziyod. Bu esa har ikki amerikalikning biri Facebook saytidan foydalanadi deganidir.

O'zbekistonda mashhur ijtimoiy tarmoqlar ichida birinchilikni esa mana bir necha yildirki Odnoklassniki.ru sayti egallab kelmoqda. Ayni damda Odnoklassniki.ru saytidagi o'zbekistonliklarning soni 2 millionga yetdi. Yil boshida esa bu raqam 640 ming edi.

Eslatamiz, rasmiy statistikaga ko'ra O'zbekistonda 7,9 million faol internet foydalanuvchi bor.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG