Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:25

O‘zbek bojgirlari 7,5 kilo oltinni musodara qildi


O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegarasida tekshirilgan Neksiya avtomobilining ehtiyot g‘ildiragi ichidan 7,5 kilo hujjatsiz oltin chiqdi.

O‘zbekiston soliq qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra¸ g‘ildirak ichiga yashirilgan bu oltinlarni O‘zbekiston fuqarosi Olimjon Rahimov 300 ming so‘m evaziga tojikistonlik G‘ayrat ismli yigitga eltib berishi lozim bo‘lgan.

Olimjon Rahimov oltin kontrabandasida ayblanib¸ ishi sudga oshirilgan.

O‘zbekiston soliq qo‘mitasiga ko‘ra¸ keyingi 11 oy ichida jami 228 kilo oltinni (426 holat) noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqishning oldi olingan.
XS
SM
MD
LG