Линклар

logo-print
Gongкonglik futbolchi ushbu sport turi tarixida eng antiqa gol kiritgan o'yinchilar ro'yxatidan joy oladigan bo'ldi.

"Sitizen AA" jamoasi yarim himoyachisi Fistus Beys (Festus Baise) "chayon zarbasi"ni amalga oshirib, o'z jamoasi darvozasiga gol urdi.

"Chayon zarbasi" futbolda kam uchraydigan va texnik tarafdan o'ta murakkab hisoblangan zarbadir. Unda futbolchi sakragan holda yuqoridan oshirilgan to'pga oyoqlarining orqasi bilan zarba beradi.

Beysning "chayon zarbasi" YouTube saytiga 18 dekabr kuni qo'yilgan edi. Qisqa muddat ichida video ikki million marotaba tomosha qilindi.



Bu voqea 16 dekabr kuni "Sitizen AA" va "Sun Xey" jamoalari o'rtasida kechgan uchrashuvda ro'y berdi. Yarim himoyachisining avtogoliga qaramasdan, "Sitizen AA" jamoasi 3:2 hisobi bilan g'olib bo'ldi.

"Chayon zarbasi" ilk bor Kolumbiya terma jamoasi darvozaboni Rene Igita (Rene Heguita) tarafidan 1995 yili Angliya terma jamoasi bilan o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida amalga oshirgan.

XS
SM
MD
LG