Линклар

Qirg‘izistondagi Manas aviabazasi AQSh uchun 10 yilda 1 milliard 400 millionov dollarga tushgan.

Bu haqda AQShning Qirg‘izistondagi elchisi Pamela Spratlen ma‘lum qildi.

Manas aviabazasi AQSh tarafidan ijaraga olinganiga 10 yil to‘lgani munosabati bilan Bishkekda o‘tgan tantanalarda so‘zga chiqqan Pamela Spratlen bu bazaning Afg‘onistondagi terrorga qarshi kurashda tutgan o‘rni katta ekanligini ta‘kidladi.

Tantanada qatnashgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘z mamlakatining aviabaza borasidagi kelishuvlarga og‘ishmay amal qilishini bildirdi.
XS
SM
MD
LG