Линклар

Turkmanistonda mamlakat rahbari Gurbonguli Berdimuhammedovdan boshqa yana 7 kishi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi.

Turkmanistondagi neft va kimyo sanoati korxonalarining rahbari¸bir tuman hokimi va yana bir nechta fuqaro prezidentlik poygasida qatnashish uchun o‘z nomzodini qo‘yishdi.

Kelasi yilning 12 fevraliga belgilangan prezidentlik saylovi mustaqil Turkmaniston tarixidagi ikkinchi saylov bo‘ladi.

Ayni paytda bu saylovda iqtidordagi prezident Berdimuhammedovga haqiqiy raqib bo‘ladigan nomzod yo‘qligi aytilmoqda.

Ba‘zi bir juz‘iy o‘zgarishlarga qaramasdan Turkmaniston prezident boshqaruvidagi yopiq rejim bo‘lib qolmoqda.

Mamlakatda faqat bir partiya faoliyatiga izn berilgan.
XS
SM
MD
LG