Линклар

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2012 yilda qurilishi rejalashtirilgan kasb-hunar kollejlariga doir dasturni tasdiqladi.

Ayni dasturga muvofiq yangi yilda mamlakatning turli hududlarida jami 10 ta kollej quriladi.

Ushbu kollejlar qurilishi uchun jami 32,1 milliard so‘m sarflanishi rejalashtirilgan.

Dasturda aytilishicha, qurilishi rejalangan 10 ta kollej jami 4050 o‘quvchiga mo‘ljallangan.

O‘nta kollejda jami 550 ta o‘rindan iborat yotoqxonalar quriladi.

Kollejlarning asosiy qismi Qashqadaryo viloyatida quriladi. Shuningdek, Samarqandda 2 ta, Farg‘ona va Surxondaryoda 1 tadan kollej quriladi.
XS
SM
MD
LG