Линклар

"Samruk-Kazina" davlat jamg‘armasi boshqaruvi raisi Timur Quliboyev ishdan bo‘shatildi¸ deb ma‘lum qildi Oqtov viloyatiga safari chog‘ida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Shuningdek Nazarboyev Mang‘istov viloyati hokimini almashtirdi. Bavurjon Muhammadjonov Mang‘istovga hokim bo‘ldi.

Payshanba kuni Oqtov shahar faollari bilan uchrashgan Nazarboyev o‘z kuyovi Quliboyevning ishdan bo‘shatilishi sabablarini ochiqlamadi.

"Xabar" telekanaliga ko‘ra¸ Nazarboyev "KazMunayGaz" shirkatiga Lazzat Kiinovni rahbar qilib tayinlagan.

"Qazmұnaygaz" Barlau-ondіru" ” neft gaz qidiruv shirkatiga Alik Aydarboyev boshliq bo‘ldi.

"Samruk-Kazina" davlat jamg‘armasi "KazMunayGaz"ga oid 100 foiz aktsiya egasidir.

"Qazmұnaygaz" Barlau-ondіru"ga qarashli "Ozenmunaygaz" ishchilari shu yil may oyidan beri ish tashlab iqtisodiy talablarni ilgari surib kelishadi.

16 dekabr kuni Janao‘zenda ommaviy tartibsizliklar yuz berdi. Voqeaga hukumat kuchlari aralashgani oqibatida 15 kishi o‘ldi¸ yuzlab kishi jarohat oldi.
Ayni paytda Oqtov shahrida neftchilarning norozilik tadbirlari davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG