Линклар

logo-print

Odil Ahmedov yilning eng yaxshi o'yinchisi


O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoy termasi hujumchisi Gao Linga qarshi. Osiyo Kubogi, Qatar, 2011.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoy termasi hujumchisi Gao Linga qarshi. Osiyo Kubogi, Qatar, 2011.

"Anji" klubida to'p surayotgan namanganlik Odil Ahmedov yana bir bor O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tarafidan 2011 yilning eng yaxshi o'yinchisi deb e'tirof etildi.

Bugun, 23 dekabr kuni, O'FF majlislar zalida yil yakunlariga bag'ishlangan hisobot-majlisi bo'lib o'tdi. Majlis davomida yakuniga yetayotgan 2011 yilning eng yaxshilari nomi e'lon qilindi.

"Yilning eng yaxshi o'yinchisi" unvoni uchun uch futbolchi: Server Jeparov, Aleksandr Geynrix va Odil Ahmedovlar kurashgan edi. Raqobatdoshlaridan qariyb ikki marotaba ko'p ochko to'plagan Ahmedov sovrinni O'FF prezidenti Mirabror Usmonovdan qabul qildi.

Eslatamiz, 24 yoshli Ahmedov 2009 yili ham O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan edi.

Odilning 2011 yili Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida kiritgan ajoyib goli:



Yil yakunlariga bag'ishlangan majlis davomida boshqa "yilning eng" unvonlari ham o'z egalariga topshirildi.

- Eng yaxshi to'purar sovrini joriy yilda 17 gol urgan "Bunyodkor" klubining serbiyalik hujumchisi Milosh Trifunovichga berildi.

- Eng yaxshi yoshlar murabbiyi sifatida O'zbekiston o'spirinlar terma jamoasini Meksigada o'tgan Jahon chempionatiga olib borgan Aleksandr Yevstafeev tan olindi.

- Eng yaxshi yosh futbolchi unvoni uchta futbolchiga nasib etidi. Davlatbek Yorbekov, Bobur Davlatov va Temur Hakumovlar O'zbekiston futbolni qo'llab-quvvatlash jamg'armasining bir million so'mlik pul mukofotlarini qabul qilib olishdi.

- Eng yaxshi hakam nominatsiyasida esa shak-shubhasiz Osiyoning eng yaxshi referisi Ravshan Ermatov g'olib chiqdi. Ermatovga unvonni O'FF prezidenti Mirabror Usmonov topshirdi.

- Eng yaxshi murabbiy sifatida esa joriy "Nasaf" jamoasi bosh hakami Anatoliy Demyanenko tan olindi. Demyanenko boshchiligida qarshiliklar joriy yilning Osiyo kubogida g'olib bo'lishgan edi.

- Eng haqqoniy o'yin olib borgan va qonun-qoidalarga rioya qilgan jamoaga beriladigan "Fair play" unvoni "Sog'diyona" jamoasiga nasib etdi.
XS
SM
MD
LG