Линклар

logo-print
Bir necha haftadan buyon Rossiya va boshqa sobiq ittifoqdosh mamlakatlar internet saytlarida O'zbekistondagi savdo markazlaridan birida olingan video mashhur bo'lib qolmoda.

Videoda savdo markaziga kelgan xaridorlar o'zi ishlaydigan zina, y'ani eskalatordan yiqilib tushayotgani suratga tushirilgan.



Ushbu video 2011 yilning yanvar oyida YouTube saytiga qo'yilgan bo'lsa-da, mashhurlik unga endi kelganga o'xshaydi.

600 mingdan ziyod kishi ko'rib ulgurgan bu video tomoshabinlar orasida bahs va munozalarga sabab bo'lmoqda. Bahs asosan odamlarning eskalatordan yiqilganiga nima sabab bo'lganligi haqida ketayapti.

Ayrimlar bunga eskalatorning nosozligi (uning zinasi ushlag'ichidan tez ishlashi) sabab bo'lganini aytsa, ba'zilar eskalator O'zbekistonga kelgan yangi texnologiya va aksar odamlar uni ishlatishni bilmasligini aytishmoqda.

Aziz mushtariy, sizchi? Siz nima deb o'ylaysiz?

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG