Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:56

“Anonymous” hakerlari AQShdagi xavfsizlik tadqiqot markaziga hujum qildi


"Anonymous" hakerlar guruhi logosi.
"Anonymous" hakerlar guruhi logosi.
“Anonymous” nomi bilan tanilgan hakerlar guruhi AQShdagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha “Stratfor” tadqiqot markaziga qarashli ma‘lumotlarni o‘g‘irlaganini aytmoqda.

Aytilishicha, o‘g‘irlangan ma‘lumotlar ichida tadqiqot markazi mijozlariga qarashli minglab kredit kartalar raqamlari va shaxsiy ma‘lumotlar bor.

“Anonymous” guruhi “Stratfor” markazining banklardan tortib, politsiya va AQSh Havo kuchlarini o‘z ichiga oluvchi mijozlar ro‘yxatini qo‘lga kiritganini aytmoqda. Shuningdek, tadqiqot markazi kompyuterlarida saqlangan 4 mingdan ortiq kredit kartalar raqamlari, parollar va uy adreslari ham o‘g‘irlangani aytilmoqda.

“Stratfor” tadqiqot guruhi hakerlar hujumi haqida ma‘lum bo‘lgach o‘z serverlarini o‘chirib qo‘yganini ma‘lum qildi.

“Anonymous” guruhi avval ham Visa, MasterCard va PayPal kabi shirkatlar kompьyuter tizimlariga hujum qilganini iddao qilgan.
XS
SM
MD
LG