Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:06

Peterburgda o‘zbek kirakashlarini talaganlar hibs etildi


Sankt-Peterburgning Viborg tumanida asosan o‘zbek taksichilarini talagan tojikistonliklardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Tergov taxminlariga ko‘ra, shaharning Viborg tumanida kirakashlarni talagan shaxslar bir xil usuldan foydalangan.

49-sonli Viborg tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Yuriy Dobronravovga ko‘ra, talonchilar yo‘lda biror o‘zbek taksichisini to‘xtatgan va mashinaga ikki kishi - Zafar Amirov va Saidrahmon Rahmonovlar o‘tirgan.

- Ular kirakashdan Shimoliy qabristonga olib borishni so‘ragan. Shahardan chiqib ketayotgan avtomobil haydovchisi ortidan jinoyatchilarning yana bir sherigi VAZ avtomobilida borgan va mashinani orqasidan to‘sgan, - deydi Yuriy Dobronravov.

Aniqlanishicha, Mixaylovka posyolkasidagi ovloq joylardan birida ular pistolet va pichoq bilan tahdid qilib, taksichilardan qimmatbaho buyumlari, qo‘l telefonlari va pullarini tortib olgan.

O‘z qing‘ir ishlarini Tojikiston fuqarolari asosan qorong‘u paytda bajargan.

Jinoyatchilar noqonuniy ravishda taksichilik qilib yurgan o‘zbeklar politsiyaga murojaat qilmasligiga ishongan va shu sababli jinoyat joyidan tezroq g‘oyib bo‘lishga ham shoshilmagan. Biroq eng oxirgi jabrdiyda-kirakash zudlik bilan yo‘l-post xizmati xodimlariga murojaat qilgan va tafsilotlarni gapirib bergan.

Talon-tarojda ayblanayotganlar temir yul yoqasida hibsga olingan. Tojikistonliklardan sovuq qurol, travmatik pistolet va VAZ avtomashinasi musodara qilingan. Ammo hibs etilgan uchchala yigit jinoyatga aloqasi yo‘qligini va politsiya ularni biror sababsiz qo‘lga olganini gapirmoqda.

- Men taksi to‘xtatib, mashinada ketayotgan edim. Bizni yo‘lda politsiya to‘xtatdi. Mana bu yerga olib keldi. Umuman aloqam yo‘q bu ishlarga, - deydi o‘zini Saidrahmon Rahmonov deb tanishtirgan ayblanuvchilardan biri.

Sankt-Peterburg Ichki ishlar boshqarmasi bu shaxslarning boshqa shu kabi qator jinoyatlarga aloqadorligini tekshirmoqda.

Viborg tuman politsiyasi shunday hodisalar to‘g‘risida biror ma‘lumotga ega guvohlarni shahar politsiyasiga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

Sudda ayblanuvchilarning bu jinoyatlarga aloqadorligi isbotlansa, jinoiy guruh tarkibida sodir etgan talon-taroji uchun ular bir necha yilga ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.
XS
SM
MD
LG