Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:59

Eriga hiyonat qilgan eronlik ayol osib o‘ldirilishi mumkin


Eriga xiyonati qilgani uchun toshbo‘ron qilib qatl etishga mahkum qilingan eronlik ayol Sakina Muhammadiy Ashtianiy osib o‘ldirilishi mumkin.

Eron Adliya vaziri Oyatulloh Sodiq Lorijoniyga ko‘ra, o‘lim jazosiga hukm qilingan taqdirda, agar toshbo‘ron qilish imkoniyati bo‘lmasa, shariat qonunlariga ko‘ra, qatlni osishga o‘zgartirish mumkin.

43 yoshli Ashtianiy 2006 yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. So‘nggi oylar ichida esa jazo ijro etilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Ashtianiyni ko‘plab xalqaro tashkilotlar va G‘arb yetakchilari himoya qilishga urinmoqda.
XS
SM
MD
LG