Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:08

Nihoyat Galkin Pugachevani nikohiga oldi


Nuhoyat rossiyalik estrada yulduzi Alla Pugacheva juma kuni taniqli taqlidchi va estrada xonandasi Maksim Galkinga nokohlandi.

23 dekabr kuni bo'lib o'tgan yulduzlar nikoh marosimi haqda Pugachevaning rasmiy saytida xabar qilindi.

- 10 yil birgalikda baxtli hayot kechirishlari ortidan juftlik nikoh qurishga qaror qilishdi, - deyiladi xabarnomada.

Lifenews saytiga ko'ra, ikki yulduz nikoh marosimiga Vladimir Vinokur, Aleksand Buynov, Yana Rudkovskaya, Valentin Yudashkin, Nikolay Baskov kabi taniqli insonlar tashrif buyurgan.

35 yashar Galkin uchun bu birinchi nikoh. 62 yashar Alla Pugacheva esa beshinchi marta erga tegyapti. Pugachevaning Galkingan oldingi eri Rossiya estradasi pop-qiroli Filip Kirkorov edi.
XS
SM
MD
LG