Линклар

O‘zbekiston va Rossiya rasmiylari ikkala mamlakatda Migratsiya xizmati vakolatxonalari ochish ustida muzokara olib bormoqda.

Newsuz.com sayti xabariga ko‘ra, bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev Toshkentda juranalistlar bilan uchrashuv payti ma‘lum qilgan.

Ayni haftada Toshkentda o‘tayotgan mehnat migratsiyasi bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston ishchi guruhi yig‘inida ham ushbu masalaning muhokama qilinayotgani aytilmoqda.

Norasmiy hisob-kitobga ko‘ra¸ Rossiyada 3 milliondan 5 milliongacha o‘zbekistonlik mehnat muhojiri bor.

Rossiya Markaziy Banki e‘lon qilgan ma‘lumotlarga qaraganda, 2011 yilning uchinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natish tizimlari orqali 1 milliard 507 million dollar yuborilgan.
XS
SM
MD
LG