Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:00

O‘zbekistonda benzinni deb taksi kira qimmatladi


Benzin qimmat - yo‘l kira qimmat. Benzin arzon - yo‘l kira arzon.
Benzin qimmat - yo‘l kira qimmat. Benzin arzon - yo‘l kira arzon.
O‘zbekistonda yonilg‘i taqchilligi oqibatida shaharlararo qatnovchi taksilari kirasi ikki baravarga qimmatlab ketdi.

Bu haqda xabar qilgan CA-NEWS agentligiga ko‘ra, shu kunda Toshkent – Andijon yo‘nalishida qatnaydigan taksi haydovchilari har bir yo‘lovchidan 50 ming so‘m olmoqda.

Ikki hafta muqaddam bu yo‘nalishda yo‘l kira 25-30 ming so‘mni tashkil qilar edi.
Yo‘l kira qimmatlaganini haydovchilar benzin taqchilligi va oqibatda uning qimmatlagani bilan izohlamoqdalar.

O‘zbekistonda, xususan poytaxtda keyingi oylarda benzin taqchilligi kuzatilayotgani to‘g‘risida Ozodlik bir necha bor xabar qilgan edi.
XS
SM
MD
LG