Линклар

Rossiyadagi mehnat muhojirlarining qariyb 85 foizi uyga jo‘natayotgan pul ularning vatanda qolgan oilalari uchun asosiy daromad manbaiga aylangan.

“Dobrososedstvo” Xalqaro munosabatlar taraqqiyoti jamg‘armasining Moskva va Moskva viloyatida migratsiya vaziyatini tadqiq qiluvchi Ijtimoiy loyihalar instituti bilan hamkorlikda o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovi natijasida shunday xulosaga kelindi.

Tadqiqot doirasida 456 nafar O‘zbekiston, Tojikiston va qirg‘izistonlik muhojir so‘rovga jalb etildi¸ deydi “Dobrososedstvo” jamg‘armasi direktori Yuriy Moskovskiy Ozodlik muxbiri bilan suhbatda.

So‘rov davomida aën bo‘lishicha¸ Moskva shahri va viloyatida mehnat qilaëtgan 27 foiz mehnat muhojiri ishlab topgan mablag‘ini uzoq muddat davomida foydalanadigan tovarlarga, 26,7 foizi tibbiy xizmatga, 23,9 foizi esa¸ uy yoki kvartira remontiga sarflar ekan.

Respondentlar orasida¸ aytilishicha¸ o‘z mablag‘ini ta‘limga sarflaydiganlari qariyb 13 foizni, uy yoki kvartira sotib oluvchilari 11 foizni¸ o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish uchun pul yig‘aëtganlar esa 3 foizchani tashkil etgan.

So‘rov mualliflarining aytishicha¸ Rossiyaga kelib mehnat qilaëtgan muhojirlar orasida O‘zbekiston fuqarolari nisbatan o‘ziga to‘qroq bo‘lib chiqqan. Ulardan 73 foizi Rossiyada ishlab topgan puli O‘zbekistonda qolgan oilasi uchun asosiy tirikchilik manbai ekanini aytgan. So‘ralgan qirg‘izistonliklarning 87,1 foizi, tojikistonliklarning esa 94 foizi Rossiyada topgan puli o‘z oilasi uchun yagona daromad manbai ekanini bildirgan.

So‘rov guruhi rahbarlaridan biri - Rossiya Davlat universiteti sotsiologi¸ professor Aleksandr Gasparashvili¸ ayniqsa¸ yosh respondentlar javoblari o‘zi uchun qiziqarli bo‘lganini aytadi.

- “Siz topgan pulingizni nimaga sarflaysiz?”, savoliga ayniqsa yosh migrantlar “To‘y qilishga kerak” yoki “Pul uylanishga zarur”, deb javob bergan, deydi professor Aleksandr Gasparashvili.

So‘rov davomida deyarli barcha mehnat muhojirlarining Rossiyada ishlab topaëtgan pulini vataniga jo‘natayotgani aniqlandi - ulardan 43,7 foizi har oy, 31,3 foizi esa ikki oyda bir uyga pul o‘tkazishini bildirdi¸ deb qo‘shib o‘tadi tadqiqot rahbarlaridan biri professor Gasparashvili.

Rossiyadagi muhojirlikni mardikorlikdan boshlab, yillar davomida Voronej viloyatida bir nechta ishlab chiqarish shirkatini ishga solgan Qudrat Ismoilov qo‘lida bugunda 300ga yaqin mehnat muhojiri ishlaydi.

Rossiyalik tadqiqotchilarning “migrant – oilasining asosiy daromad manbai” xulosasi qisman to‘g‘ri¸ deydi Qudrat aka.

- Bu gapning to‘g‘riligi 70 foiz, chunki ilgaridan zapas qilib qo‘yganlar ham bor. Birovda moli, moshinasi, tomorqasi bor. O‘shani uydagilari sekin qimirlatib ham tirikchiligini yurgizaveradi. Lekin u yerda katta pul topib mashina ololmaydi, uy qura olmaydi. O‘sha pulni Rossiyaga kelib topadi-da. Uyda jamlab qo‘ygani tugab qolishi mumkin, lekin shu yerdan har yili kam-kam borib turadi.

Lekin hayot tarzini qarasak, o‘zbekistonliklar hozirda ancha nochor yashaydi. Qishloq joylarda¸ ayniqsa¸ nihoyatda nochor. Mana bizga kelayotgan bolalar har biri dardini aytadi: birov qarz to‘laydi, birov onam kasal bo‘ldi¸ yotqizish kerak, deydi. Qiziga qaraydi, o‘g‘liga qaraydi.. Hammasi shu yerdan pul jo‘natadi, deydi asli tojikistonlik Qudrat aka.
XS
SM
MD
LG