Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:41

O‘zbekistonda hukumat saytlari tanqid qilindi


Toshkentda Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan seminarda O‘zbekistondagi rasmiy saytlar faoliyati tanqid qilindi.

Bu haqda xabar qilgan 12.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, rus tilida faoliyat ko‘rsatadigan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, Yer resurslari bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, O‘zagromashservis, O‘zqurilishmaterial, Tashshahartransxizmat kabi bir qancha davlat tashkilotlariga tegishli rasmiy saytlarning o‘zbek tilida yuritilmasligi tanqid ostiga olingan.

Yig‘ilishda qayd qilinishicha, O‘zbekiston mudofaa vazirligi, O‘zbekkitobsavdo, O‘zeltexsanoat kabi bir qancha davlat tashkilotlarining umuman internetda o‘z saytlari yo‘qligi aytilib, mamlakatdagi barcha davlat tashkilotlari rasmiy saytlariga ega bo‘lishi shartligi ta‘kidlangan.

Shuningdek, yig‘ilishda mavjud rasmiy saytlardagi ma‘lumotlar tez-tez yangilanmasligi, hatto aksar tashkilotlarning saytlarda ko‘rsatilgan telefon raqamlari ishlamasligi qayd qilingan.
XS
SM
MD
LG