Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:46

Toshkentda markazdagi serhasham uylar narxi oshmoqda


So‘nggi bir oy ichida Toshkent markazidagi qimmat narxli uylar uchun esa har kvadrat metriga 1011 dollarga qadar narx taklif qilingan.

Bu shu vaqtga qadar qayd etilmagan eng qimmat narx bo‘lmoqda.

Toshkentda ko‘chmas mulk savdo bozorini kuzatayotgan Sion Reasearch tahlil markazi o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, uy-joylar narxi o‘tgan bir oyda 1,3 foizga qimmatlagan va har kvadrat metriga o‘rtacha 531 AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

2011 dekabr oyi davomida o‘rtacha va quyi narxdagi uylarning har kvadrat metri uchun esa 330 AQSh dollari taklif qilingan.

Shuningdek, o‘tgan oyda sotuvga qo‘yilgan uylar soni ham oshgan va xaridorlar orasida 2, 3 va 5 xonali xonadonlarni so‘raganlar ko‘p bo‘lgan. Bir xonali xonadonlar savdosi esa pasaygan.
XS
SM
MD
LG