Линклар

Joriy yilning 1 yanvarida boshlab O‘zbekistonda ayrim gazetalar narxi 45 foizgacha qimmatladi.

Xalq demokratik partiyasining rasmiy nashri- "O‘zbekiston ovozi" gazetasi 360 so‘mdan 525 so‘m(45 foiz)ga ko‘tarildi.

"Xalq so‘zi" va "Narodnoye slovo" gazetalari 300 so‘mdan 400 so‘m (33 foiz)ga chiqarildi.

Toshkent shahar xokimligining nashri bo‘lgan "Toshkent oqshomi" va "Vecherniy Tashkent" gazetalari 400 so‘mdan 525 so‘m (31 foiz)ga ko‘tarildi.

Gazetalar narxining qimmatlashi ommaviy axborot vositalari uchun ayrim soliq stavkalari qisqartirilib, ko‘plab majburiy ajratmalardan ozod qilingan bir paytga to‘g‘ri keldi.

Jumladan, 1 yanvardan boshlab matbuot korxonalari bojxona to‘lovlaridan besh yil muddatga ozod etildi.
XS
SM
MD
LG