Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 20:15

Turkman prezidentining kinoteatri 3D film ko'rsatmoqda


Turkmanistonda katta mablag‘ evaziga suratga olingan "Turkmaniston jannatmakonim" 3D filmi tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilmagani kuzatildi.

Turkmaniston poytaxtidagi "Aşgabat" kinoteatri mamlakatning ikkinchi prezidentiga atab qurilgan ilk ko‘ngil ochar maskanlardan biri.

Turkmaniston Prezidenti Qurbonguli Berdimuhammedov tug‘ilgan kunida ishga tushgan bu kinoteatr faqat bir tomoshabin, ya‘ni prezident uchun kino ko‘rsatib kelar edi.

Kinoteatr o‘rtasidagi ustiga taka gilamlari to‘shalgan oromkursida Berdimuhammedov ko‘ziga maxsus oynak taqib 3D rusumdagi kinofilmlarni tomosha qiladi.

Yangi yildan boshlab bu kinoteatr oddiy turkmanlar uchun ham eshiklarini ochdi.

Ammo prezident tabarruk qilgan kinoxonaga borib kino ko‘rishni istaganlar soni juda oz deb habar qildi Turkmanistondagi muxbirimiz.

Me‘morchilik va kino namoyish texnologiyasining eng so‘nggi yutuqlari asosida qurilgan "Aşgabat" kinoteatriga keluvchilar soni kuniga 15 nafarga ham yetmayapti, deydi muxbirimiz bilan gaplashgan kinoteatr chipta sotuvchisi.

"Aşgabat" kinoteatri ikkita zaldan iborat. Birinchi zal 3D filmlarga mo‘ljallangan bo‘lib 70 o‘rindiqdan iborat. Ikkinchi zal esa oddiy filmlar namoyishini ko‘zda tutadi va 500 o‘rindiqga ega.

Ashxoboddagi muxbirimiz har ikki zalga kirib, har ikkalasida tomoshabinlar soni 5 kishiga yetmasligiga guvoh bo‘ldi.

Balki chipta narhi qimmatdir? Bu savol javobini izlagan muxbirimizga ko‘ra, bir 3D filmnining chiptasi kattalar uchun 10 manat. Bu taxminan 3 dollar degani.

Ashxoboddagi boshqa kinoteatrlarda chipta narhi 1 manatdan oshmaydi.

"Aşgabat" kinoteatrining qurilishiga esa, 20 million dollardan ko‘proq pul sarflangani aytiladi.

Ayni paytda "Aşgabat" kinotearida faqat bir dona 3D filmi namoyish qilinmoqda. “Turkmaniston jannatmakonim” deb nomlangan hujjatli film 3D rusumida turkman kinochilari tarafidan suratga olingan yagona “kinoasar” bo‘lib qolmoqda.

Ammo bu asarni 10 manat berib tomosha qiladiganlar soni 5 kishidan oshmayati, deb xabar qildi Turkmanistondagi muxbirimiz.
XS
SM
MD
LG