Линклар

Toshkent metropoliteni bekatlaridagi kirish va chiqish eshiklariga ingliz tilidagi ENTER (kirish) va EXIT (chiqish) so‘zlari yopishtirildi.

Ayni tadbir O‘zbekiston hukumatining turizmni rivojlantirish va turistlar ko‘lamini ko‘paytirishga bag‘ishlangan Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgani aytilmoqda.

Yaqinda metro vagonlaridagi ogohlantiruv yozuvlari ham o‘zbek va ingliz tilida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Keyingi paytda Toshkent metrosida ko‘plab o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Avvaliga metro bekatlarida maxsus metallizlagichlar o‘rnatildi, ba‘zi stantsiyalar kiraverishida militsiya xodimlari posti qo‘yildi.

Toshkent metropolitenining ko‘pgina bekatlarida jeton sotuvchi kassalar metro bekati ichkarisidan tashqarisiga ko‘chirildi.

Toshkent meropolitenidagi o‘zgarishlar xavfsizlik choralari o‘laroq baholanmoqda.

1977 yilda ishga tushirilgan Toshkent metropolitenida hozir 3 yo‘nalishda jami 29 ta bekat xizmatidan foydalanish mumkin.

Rasmiy ma‘lumotlarda har kuni metroga tushadigan yo‘lovchilar soni o‘rtacha 220-250 ming kishini tashkil qilishi aytiladi.
XS
SM
MD
LG