Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:06

O‘zbekistonda 20 yilda 4 million nikoh qayd qilindi


O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon mamlakatda to‘rt millionga yaqin nikoh ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bu haqda haqda xabar qilgan O‘zbekiston Adliya vazirligiga ko‘ra, o‘tgan yili 283 ming yangi oila qayd qilingan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra¸ O‘zbekistonda rasmiy nikohdan o‘tish ko‘paymoqda¸ ajralishlar esa kamaymoqda.

O‘tgan yilning birinchi yarmida 9 ming oila ajrashgan va bu raqam 2010 yilning shu davriga nisbatan ancha kam.

“Mustahkam oila yili”da ajralishlar soni bundan ham kam bo‘lishi aytilmoqda.

1 dekabrdan boshlab O‘zbekistonda ajralish payti to‘lanadigan davlat boji 10 foizga oshirildi.

Toshkent mahallalaridan birining o‘zini tanishtirmagan raisiga ko‘ra, aksar juftliklar iqtisodiy sarf-xarajatdan qochib ham ajralish fikridan qaytgan hollari uchrab turadi.
XS
SM
MD
LG