Линклар

Angliya Premyer ligasining "Everton" futbol klubi darvozaboni Tim Xovard o'zi himoya qilayotgan jarima maydonchadan turib raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

Bu voqea 4 yanvar kuni "Everton"ning "Bolton" futbol klubi jamoasi bilan o'tgan uchrashuvida ro'y berdi.

Darvozabon Xovard o'yinning 63-daqiqasida o'zi himoya qilayotgan jarima maydonchasiga oshirilgan to'pni toxtatmasdan raqib tomonlama tepib yubordi. Uzoq masofaga uchib borgan to'p yerdan bir sakrab, oldinga chiqib ketgan "Bolton" darvozaboni ustidan uchib o'tdi va to'g'rigina ochiq qolgan darvozaga yo'l oldi.



Ushbu afsonaviy gol bilan Tim Xovard o'yindagi hisobni ochib berdi. Biroq uning goli "Everton"ga g'alaba olib kelmadi. "Bolton" jamoasi tarafidan 67 va 78-daqiqalarda urilgan gollar o'yin natijasi nuqta qo'ydi.

Angliya Premyer ligasida "Everton" klubi 24 ochko bilan 11-o'rinda kelmoqda. "Bolton" klubi esa 16 ochko bilan autsayderlar qatorida (18-o'rin).

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG