Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:23

"O‘zbekistonni tanitayotganimdan xursandman!"


“Eng yaxshi hakam” Ravshan Ermatov.
“Eng yaxshi hakam” Ravshan Ermatov.
Dunyodagi futbol hakamlari faoliyatini tahlil qilib, baholab boradigan Worldreferee.com sayti o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovni 2011 yilgi futbol mavsumining “Eng yaxshi hakami” deb topdi.

Sayt jahondagi futbol hakamlarining o‘tgan yildagi faoliyatini sarhisob qilib, 100 referidan iborat hakamlar ro‘yxatini e‘lon qildi.

Ushbu ro‘yxatda Ravshan Ermatov dunyodagi hakamlar orasida eng yaxshisi deya e‘tirof etilib, birinchi o‘ringa munosib deb topilgan.

Joriy hafta boshida Rossiyadagi "Evro-Futbol" sayti o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra ham, o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov dunyodagi eng yaxshi hakam deb topildi.

2010 yili Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi tomonidan Ravshan Ermatovga dunyo bo‘yicha eng yaxshi hakamlar orasida ikkinchi o‘rin berilgan edi.

O‘tgan yilning 23 noyabrida Ravshan Ermatov ketma-ket to‘rtinchi marotaba Osiëning eng yaxshi hakami deb topildi.

2010 yilda Ermatov Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatida ilk o‘yinga hakamlik qildi va bitta chempionat davomida jami beshta o‘yinni boshqargan futbol tarixidagi uchinchi hakam, deb e‘tirof etilgan edi.

Ozodlik Ravshan Ermatov bilan telefon orqali bog‘lanib, uni tabrikladi.

Quyida Ravshan Ermatov bilan suhbatni tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG