Линклар

2012 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning o‘z mulkini ijaraga berish uchun davlat tomonidan qa‘tiy ijara haqi belgilandi.

Sion Research tahliliy markazi xabariga ko‘ra, endilikda mulkni ijaraga qo‘yishning minimal qiymati 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida 3000 so‘m, viloyat markazlarida 2000 so‘m va mamlakatning boshqa shaharlarida 1000 so‘m qilib belgilandi.

Toshkentda faoliyat yuritayotgan soliq maslahatchilaridan birining aytishicha, shu paytgacha aksar mulkdorlar o‘z daromadlarini soliqdan yashirib kelgani uchun yangi tartib yo‘lga qo‘yilayapti.

- Endilikda mulkni ijaraga bergan holatda ijaraning minimal stavkasi o‘rnatilayapti. Sabab shu paytgacha shartnoma tuzilaëtganda ijarachi bilan ijaraga oluvchi kichkina summani ko‘rsatib qo‘yishar edi ya‘ni nalogdan qochib. Shuning uchun endilikda minimalniy summa ko‘rsatiladi. Davlat tomonidan kami belgilab qo‘yiladi. Haqiqatan shunchadan kam bo‘lishi kerak emas, dedi soliq maslahatchisi.

1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar o‘ziga qarashli turar-joy binolarini ijaraga berish payti ijarachi bilan shartnoma tuzib, uni notarial tartibda rasmiylashtirmasa, jarimaga tortiladi.

2012 yilda jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining eng minimal stavkasi daromadning 9 foizi miqdorida qilib belgilandi.
XS
SM
MD
LG