Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:45

Stiven Xauking 70ga kirdi


Taniqli ingliz fizigi Stiven Xaukingning 70 ga kirishi munosbati bilan uning sharafiga Kembrij universitetida yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan yubiley tadbirida yubilyarning o‘zi sog‘lig‘i yomonligi tufayli ishtirok eta olmadi.

Stiven Xauking Alьbert Eynshteyndan davridan buyon nazariyachi fiziklar orasida eng yirik olimlardan biri hisoblanadi.

Xauking nisbiylik nazariyasi sohasidagi tadqiqotlari, vaqt hodisasini, kosmik ob‘ektlarni o‘rganish yo‘lidagi izlanishlari bilan tanilgan.

Xauking ijodiga qiziquvchilar orasida uning “Vaqtning qisqa tarixi” kitobi juda mashhurdir.

Stiven Xaukingning nerv tizimi u 21 ga kirgan chog‘ida qattiq kasallangan va oqibatda tanasi butunlay falaj holiga kelib qolgan. Olim kompyuter-sintezator yordamida gapiradi.
XS
SM
MD
LG