Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:02

Taksi islohoti kirakashlarda norozilik uyg‘otmoqda


O‘zbekistondagi taksilarni faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutgan hukumat qarori kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar noroziligiga sabab bo‘layapti.

Bu yerda gap Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 mayida chaqirilgan “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori haqida bormoqda.

2012 yil 1 yanvaridan kuchga kirgani aytilayotgan bu qarorga asosan taksilar butun O‘zbekiston bo‘ylab sariq rangga, Toshkentda esa qaymoq rangiga bo‘yalishi lozim. Ularning tomiga zarg‘aldoq rangli TAXI yozuvi tushirilgan fonar o‘rnatilishi, oldingi eshikda esa shashka va T harfi aks etishi lozim.

Bundan tashqari, taksining bo‘shligini anglatuvchi yashil chiroq, hisoblagich, radio aloqa, nazorat-kassa mashinasi, shuningdek, plastik karta orqali to‘lovlar terminali o‘rnatilishi lozim. Ancha xarajat talab qiladigan bu ishga esa o‘zbekistonlik haydovchilardan hech kim o‘z yonidan pul sarf qilishni istamayapti.

Bunday norozilik qariyb yetti yil avval qonli g‘alayonlarga sahna bo‘lgan Andijonda ham ko‘zga tashlanmoqda. Bu xususda andijonlik huquq himoyachisi Saidjahon Zaynobiddinov quyidagilarni so‘zlab berdi:

XS
SM
MD
LG