Линклар

Xosep Gvardiola 2011 yilning eng yaxshi murabbiyi


Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi finalidan so'ng kubokni qabul qilib olmoqda.

Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi finalidan so'ng kubokni qabul qilib olmoqda.

"Barselona" futbol klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2011 yilning eng yaxshi klub murabbiyi deya e'lon qilindi. Bu haqda Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) xabar bermoqda.

81 mamlakatdan futbol mutahassislari qatnashgan so'rovnomada Gvardiola 201 ochko to'plab federatsiya reytingida birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rin "Barsa"ning ashaddiy raqibi "Real"ning (Madrid) bosh murabbiyi Joze Maurinyoga nasib etdi (112 ochko). Uchinchi o'rinni esa 107 ochko bilan "Manchester United" murabbiyi ser Aleks Fergyuson egalladi

"Chelsi" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash 78 ochko bilan 4-o'rinda. Birinchi beshtalikni yana bir angliyalik jamoa - "Manchester Siti" yetakchisi Roberto Manchini yopdi (45 ochko).

Birichi o'ntalikga kirgalnlar orasida Kiprning "APOEL" klubi murabbiyi Ivan Yovanovich ham bor. 2011 yili Yovanovich boshchiligidagi jamoa Kipr futbol tarixida birinchi marotaba Chempionlar Ligasining pley-off davrasiga yo'l olgan.

Gvardiola rahbarligi ostida "Barselona" klubi 2011 yili Chempionlar Ligasi g'olibi bo'ldi va klublar o'rtasidagi Jahon chempioni unvonini qo'lga kiritdi. 2011 yili "Barsa"dagi 16-yutug'ini qo'lga kiritgan Gvardiola usbu jamoa tarixidagi taniqli murabbiy Yoxan Kroyfning 15ta yutuq bilan qo'ydan rekordini urdi.

IFFHS 1996 yildan buyon har yili eng yaxshi futbol klublari murabbiylarini tanlab keladi.
XS
SM
MD
LG