Линклар

logo-print
Amerikalik R&B usulidagi taniqli qo'shiqchi Beyonse qiz ko'rdi. Bu haqda The New York Daily News birinchilardan bo'lib xabar tarqatdi.

Xabarga ko'ra, Beyonse va uning turmush o'rtog'i, taniqli reper Jay-Z yangi tug'ilgan chaqaloqga Ayvi Blu Karter ismini berishgan.

Homilador Beyonse 6 yanvar kuni Nyu York shahridagi Lennoks-Xill tug'ruqxonasiga Ingrid Jekson ismi bilan yotqizilgan edi. Onani va tug'ilajak bolani paparatsi va boshqalar nigohidan asrash uchun reper Jay-Z tug'ruqxonaning bir qavatini 1,3 million dollar evaziga butunlayin ijaraga olishiga to'g'ri keldi.

Xabarga ko'ra, Beyonse yotgan qavat qattiq qo'riq o'stiga olingan. Hatto tug'ruqxona xodimlari ham kirayotgan vaqtida mobil telefonlari va boshqa texnika uskunalarini qo'riqchilarga topshirishlari shart.

Beyonse homiladorligi haqida ilk bor 2011 yilning avgust oyida Los-Anjelesda o'tgan MTV Video Awards taqdimot marosimida e'lon qilgan edi. Twitter mikroblog xizmati foydalanuvchilari bu yangilikni muhokama qilishda rekord o'rnatishdi - Beyonse homiladorligi e'lon qilinganidan so'ng Twitterda soniyasiga 8868 tvit, ya'ni xabar chop etilgan.
XS
SM
MD
LG