Линклар

logo-print
"Barselona" futbol klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi 2011 yilning eng yaxshi futbolchisi deya e'lon qilindi va "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritdi. Taqdimot marosimi 9 yanvar kuni Syurixda tashkil qilingan FIFAning gala-konsertida o'tdi.

Eslatamiz, 2011 yilning "Oltin to'pi" uchun Lionel Messi bilan birga potugaliyalik Krishtianu Ronaldo va ispaniyalik Xavi Ernandeslar kurashayotgan edi.

Bilsangiz, Xavi "Barsa"da Messi bilan birga to'p suradi. Ronaldo esa "Barsa"ning ashaddiy raqibi Madridning "Real" klubi a'zosidir. Shu bois, Messining yutug'i "Barsa"-"Real" raqobatida birinchisiga katta "plyus" bo'ldi, desak adashmaymiz.

Lionel Messining 2011 yildagi faoliyatidan parchalar (muxlislar tarafidan tayyorlangan)


FIFA "Oltin to'p" egasini dunyo bo'yicha olib boriladigan so'rov orqali aniqlaydi. So'rovda futbol murabbiylari, terma jamoalar sardorlari va sport jurnalistlari qatnashishadi.

Shunday qilib, 24 yoshli Messi uch marotaba "Oltin to'p" egasiga aylandi. Futbol tarixida uch marotaba "eng yaxshi" deb e'lon qilinganlar soni ko'p emas. Messidan oldin bunday sharafga Yoxan Kroyf (Gollandiya), Marko van Bastern (Gollandiya) va UEFAning amaldagi rahbari Mishel Platini (Fransiya) sazovor bo'lgan.

Messi to'p surayotgan "Barselona" jamoasi murabbiyi Xosep Gvardiola ham 2011 yilning eng yaxshi murabbiyi deya e'lon qilingani haqida yozgan edik.
XS
SM
MD
LG