Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:11

Nikoh yoshini 18 ga ko‘tarish tashabbusi boshlandi


Avvaliga "Oila" markazi o‘rtaga tashlagan bu taklifni endilikda Oliy Majlis deputati ham qo‘llamoqda.

Tashabbus boshlandi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati¸ Xalq –demokratik partiyasining parlament fraktsiyasi a‘zosi Dilbar Xoliqova O‘zbekistonda nikoh yoshini o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqdi¸ deb xabar 9 yanvar kuni berdi mamlakatdagi yarim rasmiy nashrlar.

O‘tgan yilning dekabrida O‘zbekistondagi "Oila" ilmiy-amaliy markazi ayollar uchun minimal nikoh yoshini 17 dan 18 yoshga o‘zgartirish taklifi bilan chiqqan edi¸ aftidan deputat ayol ana shu taklifni qo‘llash tashabbusini o‘rtaga qo‘ygan.

2012 yil O‘zbekistonda “Mustahkam oila yili” deb ataldi va deputat Xoliqova fikricha¸ qizlarni erta erga berish oila mustahkamligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston joriy qonunlariga ko‘ra¸ qizlarga 17 yoshida rasman erga erga tegishiga izn beriladi va bu qonunchilik Sovet Ittifoqi davrida joriy etilgan edi.

Rasmiy nikoh qurish uchun berilgan haq sobiq SSSRning turli hududlarda turlicha bo‘lgan. Masalan¸ Ukraina va Moldovada 16 yosh¸ Rossiya Federatsiyasi va Turkmanistonda 18 yosh¸ O‘zbekiston va Tojikistonda esa¸17 yosh qilib belgilangan edi.

17 yoshda erga tegib¸ sog‘lig‘imni yo‘qotdim...

Shahrisabzlik 40 yashar Dilfuza bugunda 21 yashar o‘g‘il va 19¸ 17 va 11 yashar uch qizning onasi. 17 yoshga kirishim bilan erga uzatilganim bois¸ bugun birga yursak¸ ukam yo singlimga o‘xshaydigan katta farzandlarning onasiman¸ der ekan Dilfuza¸ erta erga tegishning shundan boshqa havas qilgulik jihatini topmaganini aytadi.

-17 yoshimda bergan meni. 18 yoshimda tuqqanman. Majbur berishgan. Qarindosh-urug‘lar o‘rtaga qo‘shilgan. “Ertaroq berib yubor” bilan ota-onalarimiz qarindoshlar gapi bilan majbur berib yuborgan. Men o‘zim yaxshi ko‘rib tegmaganman¸ der ekan Dilfuza erta erga tegib¸ ketma-ket bola tug‘ish jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga jiddiy putur yetkizganini aytadi.

-Tug‘ishga tayyor bo‘lmaganman. Birinchidan, mioma kasaliga yo‘liqdim. yoshlikda erga bergandan keyin zo‘riqish bo‘ladimi shunaqa kasalliklar ko‘p kelib chiqar ekan. Shu tomonlama men juda ko‘p qiynalganman. Keyin¸ yosh bo‘lganimdan¸ kim bilan qanaqa muomala qilishni bilmay¸ ko‘p qiynalganman¸ ko‘p siqilganman¸ deydi Filfuzaxon.

Na ona¸ na bolaning sog‘lig‘iga yaxshi

Buxoro shahridagi poliknikalardan birida vrach-ginekolog bo‘lib ishlayotgan Mahliyo ismlik 30 yashar ayol¸ Dilfuzaning bu gaplarida jon borligini tasdiqlaydi.

- 16-17 yoshda hali qizlarning tug‘ish kanallari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bachadoni hali bolani yaxshi yetishtirib berishga tayyor bo‘lmaydi. yosh qizlar boshqa hayotga tayyorgarlik ko‘rmasdan boshqa bir muhita tushganlaridan keyin o‘sha muhitga o‘rganishlari qiyin bo‘ladi. Katta stress bo‘ladi. Mana shu stress ham homiladorlik davrida ta‘sir qiladi. Uyalib yaxshi ovqatlanmaydi¸ natijada kamqonlik kuzatiladi. Kerakli vitaminlar organizmga kirmagani natijasida homilaga ta‘sir qiladi. Buning natijasida sog‘lom bola vujudga kelishi ehtimoli kam bo‘ladi¸ deydi buxorolik shifokor ayol.

Prezident tashabbusini qonuniylashtiraylik...

Qonunchilikka qizlarni turmushga uzatish yoshini hozirgi 17 yoshdan 18 ga ko‘tarish to‘g‘risida o‘zgartish kiritish taklifi bilan chiqqan o‘zbekistonlik deputat Dilbar Xoliqovani o‘z tashabbusi yuzasidan suhbatga tortishni imkoni bo‘lmadi. Ammo O‘zbekistondagi yarim rasmiy nashrlarga ko‘ra¸ deputat ayol “oilaning mustahkamligi ko‘p jihatdan o‘z oilasi uchun mas‘uliyatni his qilish¸ oila ichidagi burchni ado qilishga bog‘liq” degan asosda 17 yashar qizlarning hali bunday mas‘uliyani zimmasiga olishga tayyor emasligini ta‘kidlagan.

Deputat ayolning bu taklifi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning bir necha yil¸ xususan 2011 yil davomida qayta-qayta tilga olgan ayni mavzudagi fikrlariga hamohangdir.

2011 yil iyun oyida Qashqadryo viloyatida jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv paytida prezident qizlarni erta uzatish tendentsiyasiga qarshi ekanini ta‘kidlagan edi.

- Qiz bola taqdiri meni doim qiziqtiradi. Ming afsuski¸ 9-sinfni bitirgan qiz bola yoshi 16-17ga kirganda ko‘p tilaklar paydo bo‘ladi, istaklar paydo bo‘ladi. Endi bu qiz bolaning bo‘yi yetdi, uning bolasi bor, unisi jiyani bor va hokazo shuni uylantirsak, boshini qovushtirsak zo‘r bo‘ladi¸ degan gaplar ham bor. Qishloqlarda bor sizlarda. Bular xiyonat qilayapti qiz bolaga nisbatan. Tushunarlimi? Hozir qiz bola o‘qimasa, oxirgi uch yil davomida o‘zining kasbiga ega bo‘lmasa, ertaga u nima qiladi, bola tuqqandan keyin bu ayol qayoqqa borsin? Kimga o‘zining faryodini aytsin?degan edi ota-onalar¸ o‘qituvchi va faollar bilan suhbatda Islom Karimov.

Keyinroq Toshkentda san‘at va sport namoyandalari bilan uchrashuv paytida Karimov¸ “qizlar erta erga tekkunicha¸ sport bilan¸ xususan badiiy gimnastika bilan shug‘ullansin”¸ degan gapni aytgan edi.

Vasvasaga tushgan ota-onalar....

Karimov tilga olgan kabi¸ qizlarga o‘qish-ulg‘ayish imkonini bermay¸ ularning bu haqqiga xiyonat qilish¸ kuzatuvchi va faollarga ko‘ra¸ O‘zbekistonda borgan sari keng tarqalib bormoqda.

Sovet paytida¸ qizlar avval o‘qib¸ sal oqu qorani tanigach 20-22 yoshda erga uzatilgan bo‘lsa¸ hozirda ko‘p ota-onalar qizlarini 16 yoshida¸ garchi hali qonun bunga izn bermasa-da¸ uzatish vasvasiga tushib bormoqda¸ deydi O‘zbekistonning shaharu qishloqlaridagi nikoh to‘ylarida boshlovchilik qiladigan ismi aytilishini istamagan jurnalist qiz.

- 16-17 yasharlar ham bor. 9-sinfni bitirib¸ kollejda o‘qiydiganlar bor. Ularni asosan ZAGSdan o‘tdi¸ deydi. Aslida ular ZAGSdan o‘tmagan bo‘ladi. Balog‘at yoshiga yetgandan keyin ZAGS qilib olish holatlari bor ekan. Nikoh qilishadi tamom¸ deydi bir oyning 20 kechasida nikoh to‘ylariga boshlovchilik qiluvchi suhbatdosh.

“Mening qizim qolib ketadi. Qizimning o‘rniga boshqasi erga tegib ketadi. Tezroq qutulay qizlarimni erga berib” degan fikr bor. Qizlar baxtli bo‘lsin, taxtli bo‘lsin degan fikr yo‘q”¸ deb tasdiqlaydi bu fikrni shahrisabzlik Dilfuza.

Qancha yosh bo‘lsa¸ shuncha oson egiladi...

Qizlarni turmushga uzatish yoshining mustaqillik davrida yasharib ketishiga¸ asosan o‘zbek jamiyatidagi ijtimoiy-ma‘naviy omillar sabab¸ deydi jurnalist qiz.

- Bunga sabab¸ menimcha, kuyov taraf bo‘layapti. Chunki kuyov tarafdagilar yosh qizlarni qidirishayapti. 16-17 yashar qizlarning uyiga ko‘proq sovchilar boradi. Yigit 30-35 yashar bo‘lishi mumkin, lekin balog‘at yoshiga yetmagan qizga sovchi yuborishi aniq. Chunki ular bunday qizlarni hayotga moslash mumkin, ko‘p narsani ko‘rmagan bu hayotda, hayotning qaysidir bir narsalariga uchmagan qiz¸ deb o‘ylashadi. Shuning uchun ko‘proq shunaqa oilalarga sovchilar borayotganini bilaman. Yaxshi joydan, boy oiladan sovchi chiqsa, hech bir oila ham yo‘q demaydi. 16-17 yashar qizlar turmushga berish boshlanganidan boshqa ota-onalar ham tashvishga tushgan. 19 yashar qizni ham hozir qari qiz deb o‘tirishibdi ota-onalar¸ deydi o‘zbekistonlik jurnalist qiz.

Jamiyatda islomiy qoidalarning keng tarqala boshlagani (Islomga qiz bola hayz ko‘rganidan so‘ng¸ erga tegishi mumkin –tahr)¸ qolaversa iqtisodiy muammolar ham ota-onalarni o‘z qizini o‘qitib¸ kasbi-korlik qilmay turib¸ erga berishga majburlamoqda¸ deydi Ozodlik suhbatdoshlari.

Millionlab o‘zbek yigitlari ish izlab yaqin va uzoq xorijga chiqib ketayotgan bir paytda¸ O‘zbekistondagi qizlarning turmush o‘rtog‘ini tanlash imkoni cheklanib borayotgan bir paytda¸ ayrim kuzatuvchilar¸ qonunchilikka o‘zgartish kiritish tashabbusini qo‘llagan holda¸ bu o‘zgartish bilan reallikda katta o‘zgarish qilish mumkinligiga shubha bildirmoqdalar.

-Qonun bilan o‘zgartirib bo‘lsa kerak¸ deb o‘ylaymizu, lekin aslida bundan oldingi to‘ylarni kamchiqimli qilaylik degan qonunlar ham, mahalla orasidagi gaplar ham bor edi. Lekin shu narsa bilan to‘ylar kamchiqim bo‘lib qolgani yo‘qku! Bu birinchisi.

Ikkinchidan, baribir ota-ona ham qiziga qaraydi. Hozirgi yosh qizlar tez buzilishni boshlagan. Aynan 14-15 yoshdayoq buzilishlar boshlangan. Internetni ochsangiz, 14-15 yashar o‘zbek qizlarni ichki kiyimda ko‘rasiz. Ilgari bunaqa hayotda bo‘lmagan narsa. Balki qandaydir qonun qabul qilingani bilan ota-ona baribir yashirib bo‘lsa ham qizini baribir uzatib yuboradi. Buzilmasin, o‘tirib qolmasin deydi¸ deydi bir oyning kamida 20 kunini O‘zbekistonda qishu yozin to‘xtamay davom etayotgan nikoh to‘ylariga boshlovchilik qilib o‘tkazayotgan jurnalist qiz.

Shahrisabzlik 40 yashar Dilfuza¸ mavjud qonunchilikka qizlarni 18 yoshida emas¸ balki 19-20 yoshida erga berish lozim¸ degan o‘zgartirish kiritish tarafdori ekani¸ ammo bunday o‘zgartish bo‘lish-bo‘lmasligidan qat‘iy nazar¸ o‘z qizlarini 20 yoshdan avval¸ o‘qib¸ kasb-hunar o‘rganmay turib¸ erga bermasligini aytadi.
XS
SM
MD
LG