Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:51

Toshkentda "MORJLAR" klubi yopildi


Toshkentdagi "Morj" klubiga 60 yil avval asos solingan. Uning binosi esa 1975 yildan beri Anhor bo‘yida turgan edi.
Toshkentdagi "Morj" klubiga 60 yil avval asos solingan. Uning binosi esa 1975 yildan beri Anhor bo‘yida turgan edi.
So‘nggi 60 yil ichida Toshkentdagi "Morjlar" ilk bora qish kuni Anhorga kalla otishmadi. Shahar hokimiyati izn bermadi.

Bundan 60 yil oldin Toshkentda tuzilgan qishda cho‘miluvchilar klubi bu yilgi mavsumda yopib qo‘yildi.

Klub rahbari, taniqli kino ustasi Jamshid Obidov “Ozodlik” bilan suhbatda shahar qishki manzarasining ajralmas qismiga aylangan “Morjlar” klubi Toshkent shahar va Shayhontohur tuman hokimiyati tarafidan yopib qo‘yilganini aytadi:

- Hokimiyat yopib qo‘ydi. “Morjlar” kiyinadigan binolar, ayvonlar hammasi buzib tashlandi. 60 yil turgan klub bir kunda bekitildi. Qog‘oz ham berishmadi. Keting bu yerdan bizga morjlar kerak emas deyishdi, deydi o‘zbekistonlik "morj".

Toshkent shahar hokimiyatidagi mulozimlar “Ozodlik” bilan suhbatda Anhor bo‘yida istiqomat qiladigan aholidan shikoyatlar tushganini aytdi.

Mulozimga ko‘ra, qish chillasi ishtonchang cho‘milayotgan amakilarning qiyofasi ba‘zi poytaxtliklarning estetik didiga yoqmagan.

“Morjlar” klubi rahbari Jamshid Obidov 60 yildan beri faoliyat olib borayotgan klub xozirgi yangi rahbarlarga yoqmay qolganidan hayronlini bildirdi:

- Klubning nizomi bor. Nizomga ko‘ra biz cho‘milish kiyimlarida qish kuni cho‘milamiz. Kostyum shimda cho‘milmaymizku axir, deydi Jamshid Obidov.

Qishning ayni chillasida muz yorib, suvga sho‘ng‘idiganlarni "morjlar" deb ataydilar.
Qishning ayni chillasida muz yorib, suvga sho‘ng‘idiganlarni "morjlar" deb ataydilar.
Toshkentdagi Morjlar klubi 1952 yilda tuzilgan. Bu klubning 800 dan ziyod a‘zosi bo‘lgan.

Toshkentda Morjlar kubini tuzish g‘oyasi ilk bora 1948 yilda paydo bo‘lib, ular avvaliga Komsomol ko‘lida cho‘milishgan keyin esa Anhorga ko‘chishgan.

1952 yilda Anhor bo‘yida hukumat ular uchun kichik uycha qurib bergan.

1975 yilga kelib Sharof Rashidov tashabbusi bilan bu uycha "Morjlar" klubining markaziga aylangan. Klub uchun maxsus ayvon qurilgan.

Klub a‘zolari Sharof Rashidovga maktub yo‘llab “Morjlar”ga sharoit yaratib berishni so‘rashgan edi, deb eslaydi Jamshid Obidov:

- Sharof Rashidov bizlarni qabul qildi. Oramizda urush qatnashchilari, san‘at va madaniyat arboblari bor edi. Sharof Rashidov qishda cho‘milishning sog‘liqqa foydasi bilan qiziqdi. Keyin bizga sharoit yaratib berishga va‘da berdi, deydi "Morjlar" yo‘lboshchisi.

Ana shundan keyin 36 yil mobaynida “Morjlar” klubi nodavlat notijorat uyushma tarzida faoliyat yuritib kelgan.

Anhor bo‘yini rekonstruktsiya qilish rejasi bo‘yicha 2011 yil sentyabrida “Morjlar”ning qarorgohi buzib tashlangan.

2012 yil yanvar oyida Toshkentda “Morjlar” Anhorda cho‘milmadi. Bu 60 yil ichida birinchi marta bo‘lyapti, deydi toshkentlik “Morj” Jamshid Obidov.
XS
SM
MD
LG