Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:51

Eron AQSh josusi, deb ayblangan shaxsni o‘limga hukm qildi


AQSh foydasiga josuslikda ayblangan va o‘limga hukm qilingan AQSh-Eron fuqarosi Amir Mirza Hikmatiy.
AQSh foydasiga josuslikda ayblangan va o‘limga hukm qilingan AQSh-Eron fuqarosi Amir Mirza Hikmatiy.
Amir Mirza Hikmatiyni sud Amerika josusi, deb topib oliy jazoga hukm qildi.

Amir Mirza Hikmatiy AQSh hamda Eron fuqarosidir va bugun Tehrondan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, sud uni AQSh foydasiga josuslik qilgan, deb topib o‘lim jazosiga hukm qilgan.

ISNA agentligining Bosh prokuror G‘ulomhussayn Muhsiniy-E‘joiydan keltirgan iqtibosida ayblov "g‘anim davlat Amerika bilan hamkorlik, MRBga josuslik va Eronda terrorchilikni tarqatganlik", deb ta‘riflangan.

Bosh prokurorga ko‘ra, Hikmatiy sud hukmidan arz qilish uchun 20 kunlik muhlatga ega.

28 yoshli Amir Mirza Hikmatiy AQShda tug‘ilgan va u asli eronlik muhojir oilaning farzandidir. U AQSh harbiylariga tarjimonlik qilar edi.

Hikmatiyning hibsga olingani haqidagi xabar dekabr oyida jamoatchilikka oshkor qilingan edi. Rasmiy ayblovga ko‘ra, u Afg‘oniston va Iroqdagi janggari guruhlarning lagerlarida maxsus harbiy mashg‘ulotlardan o‘tib kelgan.

Эрон америкаликни айғоқчилик айби билан ўлимга ҳукм қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:35 0:00
Бевосита линк


Fars agentligi xabariga ko‘ra, Hikmatiy haqiqatda ham AQShning Markaziy Razvedka Byurosi bilan hamkorlik qilganiga iqror bo‘lgan. Ammo Eronga zarar yetkazish maqsadida bo‘lmaganini aytgan va uning iqrorlik ko‘rsatmasi Eron rasmiy televideniyesi orqali namoyish qilingan.

Hikmatiyning AQShda istiqomat qilayotgan oilasi unga qo‘yilgan ayblovlarni mutloq inkor qilib, uning Eronga keksa yoshli buvisi ziyorati uchun borganini aytmoqda.

AQSh rahbariyati esa Hikmatiyning ozod qilinishini talab qildi.

Bundan biroz muqaddam Eron rasmiylari AQSh foydasiga ayg‘oqchilik qilganlikda gumon qilinib bir necha kishi hibsga olinganini e‘lon qilgan edi.

Eronning razvedka ishlari bo‘yicha vaziri Haydar Moslehiyning yakshanba kungi bayonotida aytilishicha, ayg‘oqchilikda gumon qilinib qo‘lga olinganlar 2 martga belgilangan parlament saylovini buzishga urinishda ham ayblanmoqda.

Moslehiyga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Erondan tashqarida yashovchi sheriklari bilan Internet orqali aloqa qilgan.

Hozircha josuslikda ayblanayotganlar orasida Amir Mirza Hikmatiydan boshqa kimlar borligi noma‘lum.
XS
SM
MD
LG