Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:33

O‘zbeklarni zo‘rlashda ayblanayotgan politsiyachi hibsga olindi


Moskva Shimoli-g‘arbiy ma‘muriy okrug Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, “Jasorat” ordeni kavaleri, politsiya mayori Sergey Petrov ikki nafar o‘zbekistonlik yigitga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanmoqda.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, 3 yanvar kuni Moskvadagi Stratonavtlar ko‘chasidagi 9-uy yonida o‘zbekistonlik aka-ukani (Ozodlik muayan sabablarga ko‘ra jabrlanganlarning ismi sharifini oshkor etmayotir- taxr.) "Infiniti FX-35" avtomobilida o‘tirgan shaxs to‘xtatib, ularga politsiyachi guvohnomasini ko‘rsatgan.

Yigitlarning tergov paytida bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, ularni politsiyachi birma-bir mashinasiga chiqarib, do‘q-po‘pisa bilan zo‘rlagan.

Voqea joyidan ketgach yigitlar zudlik bilan mahalliy politsiya bo‘limiga murojaat qilgan.

Mashina nomeri bo‘yicha aniqlangan 36 yoshli mayor Petrov shu kuni do‘stlari bilan Moskva restoranlaridan birida o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlab o‘tirgan joyida qo‘lga olingan. Hibsga olishda u o‘z hamkasblariga qarshilik ko‘rsatmagan.

Mashinada o‘tkazilgan tintuv natijasida ashyoviy dalillar topilgani aytilmoqda.

Hibsga olinib shaharni tark etmaslik tilxati bilan qo‘yib yuborilgan politsiyachi o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni rad etmoqda.

Ozodlik hodisa tafsilotlarini o‘rganishni davom etadi.
XS
SM
MD
LG