Линклар

logo-print
Vladivostokda O‘zbekistonning to‘rt fuqarosi ov miltig‘idan yaralanib shifoxonaga yotqizildi.

Bu haqda xabar qilgan PrimaMedia axborot agentligiga ko‘ra, Vladivostokdagi kafelardan birida mahalliy fuqaro o‘zaro janjal natijasida o‘zbekistonliklarni ov miltig‘idan otgan.

27 yoshli vladivostoklik kafeda o‘tirgan o‘zbeklar bilan janjallashish natijasida uyidan “Sayga” ov miltig‘ini olib kelgan va to‘rt o‘zbekistonlikni otgan.

O‘q yegan o‘zbeklardan biri boshidan jiddiy jarohatlangan va ayni paytda og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

Uning sheriklaridan biri kuragidan, boshqasi qo‘lidan jarohat olgan.

Politsiya o‘q otgan vladivostoklikni voqea joyida hibsga olgan, uning ov miltig‘i va patronlarini musodara qilgan.

Ayni paytda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG