Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 03:00

Dohiyga aza tutib yig‘lamaganlar sudlanmoqda


Kim Chen Ir motami chog‘ida yig‘lamagan koreyaliklar shu kunda o‘z ahvoliga motam tutib yig‘layotganlarini taxmin qilish qiyin emas.
Kim Chen Ir motami chog‘ida yig‘lamagan koreyaliklar shu kunda o‘z ahvoliga motam tutib yig‘layotganlarini taxmin qilish qiyin emas.
Shimoliy Koreyada Kim Chen Ir dafn etilayotgan paytda motam tutmaganlar xalq sudi qarshisiga chiqarilayapti.

Bu haqda Rossiyaning RBK nashri xabar qiladi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, xalq sudining dastlabki majlislari motamning so‘nggi kuni – 2011 yilning 29 dekabrida boshlangan.

Mazkur mahkamalarda Shimoliy Koreya liderining o‘limiga befarqlikda ayblanayotganlarning qilmishi o‘z isbotini topsa, ular olti oygacha mehnat lagerlariga jo‘natilishlari mumkin.

Shimoliy Koreyada "Millat dohiysi" sifatida e‘tirof etiladigan Kim Chen Ir o‘tgan yilning 17 dekabr kuni yurak hurujidan vafot etgan edi. Rasmiy xabarga ko‘ra, 69 yoshida hayot bilan vidolashgan Kim Chen Ir hokimiyat tepasiga 1994 yilda otasi Kim Ir Sen o‘limidan keyin kelgan edi. Uning o‘limidan keyin davom etgan 11 kunlik motam chog‘ida havo sovuqligiga qaramay, o‘n minglab koreyaliklar ko‘chalarda uvvos tortib yig‘layotganlari avvalroq Shimoliy Koreya davlat televideniyesi orqali namoyish qilingandi.

Ким Чен Ир дафн маросими
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:30 0:00
Бевосита линк

Kim Chen Irni dafn qilish marosimi, 2011 yilning 28 dekabri

Asnoda Shimoliy Koreyada kuni kecha sobiq prezident Kim Chen Ir tavalludining 70 yilligi va mamlakatning ilk prezidenti Kim Ir Sen tavalludining 100 yilligi munosabati bilan amnistiya e‘lon qilindi.

Rasmiy axborot agentliklarining yozishicha, Oliy xalq yig‘ini prezidiumi (parlament) dekretiga muvofiq, avf etilgan mahkumlar 1 fevraldan ozodlikka chiqariladi.

Xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreya qamoqxonalarida 200 mingdan ziyod siyosiy mahbus bor.

Kim Chen Ir o‘limidan keyin Shimoliy Koreyada davlat boshqaruvi uning o‘g‘li Kim Chen Unga o‘tdi. Bu orada rasmiy Pxenyan Shimoliy Koreyada rahbar almashgani mamlakatning siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirmasligi to‘g‘risida bayonot tarqatgan.
XS
SM
MD
LG