Линклар

Prezident Karimovning qizi Gulnora Karimova Ozodlik saytini o‘qishini tan oldi.

So‘nggi ikki kun davomida @GulnaraKarimova bilan qirg‘iz tvitterchilari o‘rtasida bahs bormoqda.

Gulnora Karimova qirg‘iz tvitterchilarini millatchilikda ayblagan bo‘lsa, tvitterchilar Gulnora va Karimovlar oilasi sha‘niga ayblovlar yog‘dirdi.

Ushbu bahsni matbuot orqali ilk bor Ozodlik radiosi 10 yanvar kuni yoritdi.

​11 yanvar kuni Gulnora Karimova o‘z "Twitter"ida Ozodlik maqolasini tilga olib, radio saytidagi “@GulnaraKarimova qirg‘izistonliklarni shafqatsizlikda aybladi” nomli maqola uchun "minnatdorchilik" bildirdi.

“Ozodlikdagi maqolani o‘qidim... bu ishni kamdan-kam qilsamda... yaxshigina PR maqola ... har doim ham yolg‘on qo‘shmasdan yozishmaydi... "Twitter"imni reklama qilganliklari uchun raxmat!” deb yozdi jumladan @GulnaraKarimova.

Bugungi kunda 3,476 tvitterchi "@GulnaraKarimova"ni kuzatib boradi.

Aftidan O‘zbekistonning BMT va Ispaniyadagi elchisi Gulnora Karimova ham shou biznes yulduzlari va dunyoning ko‘zga ko‘ringan siyosatchilari kabi "Twitter" ishqibozidir.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG