Линклар

O‘zbekistonda harbiy xizmat yoshidagi yigitlar uchun yillik chaqiruv e‘lon qilindi. Ayni paytda armiyaga borish istagida bo‘lganlarning ham, harbiy xizmatdan qolishni xohlayotganlarning ham harakatga tushganligi kuzatiladi.

12 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov mamlakat fuqarolarini muddatli harbiy hizmatga chaqirish va harbiy hizmatni o‘tab bo‘lgan askar-zobitlarni zaxiraga yuborish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Ayni farmoniga asosan muddatli xarbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston qurolli kuchlari zaxirasiga bo‘shatilib, chaqiruv yoshidagi fuqarolarni joriy yilning fevral va mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirish boshlanadi.

Prezident farmoniga muvofiq muddatli harbiy xizmatga chaqiruv fevral-mart oylarida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda armiyada xizmat qilish yoshi, ya‘ni 18 ga yetgan va harbiy xizmatga layoqatli fuqarolar chaqiriladi.

O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, 2009 yildan boshlab yigitlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish yiliga bir marta - fevral-mart oylarida amalga oshiriladi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan fuqarolar mart-aprel oylarida uyiga qaytadi.

Ayni paytda armiyaga borish istagida bo‘lganlarning ham, harbiy xizmatdan qolishni xohlayotganlarning ham harakatga tushganligi kuzatiladi.

Xorazmlik 18 yashar Muhammad harbiy xizmat yoshida. U armiya safida xizmat qilishni istamaydi.

- U yerda ahvol men xohlaganday emas. Buni xizmat qilib kelganlardan eshitdim. Ovqatlanishdan tortib yashash sharoitlari ham juda yomon deb eshitdim. To‘g‘risi, borgim yo‘q,- deydi Muhammad.

O‘zbekistonda shaharlik yoshlarga nisbatan qishloq yigitlari orasida harbiy xizmatga ishtiyoq kuchliligi kuzatiladi.

O‘zbekiston huquq tartibot idoralarida ishlash uchun aynan muddatli harbiy xizmatni o‘tash shartligi bu qiziqishga sabab bo‘layotgani ma‘lum.

- Hozir juda ko‘p davlat korxonalariga armiyada xizmat qilmagan bo‘lsa olishmayapti. Shuning uchun ko‘p ësh yigitlar hozir armiyaga borishga majbur bo‘lishayapti,- deydi qashqadaryolik 56 yashar Shernazar aka.

Ayni paytda harbiy chaqiriq payti ta‘magirlik va poraxo‘rlik avj olishi har yili kuzatiladi.

Kimdir o‘g‘lini armiyadan olib qolish uchun, kimdir esa aksincha, armiyaga olishlari uchun amaldorlarning ko‘nglini ovlashga harakat qiladi.

Safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmat uchun esa xizmat o‘tovchi yigitlar davlat hisobiga eng kam ish haqining 25 barobari (bir yarimmillion so‘mdan ortiqroq) miqdorida haq to‘lash lozim bo‘ladi.

Eng kam ish haqining 25 barobari miqdorida haq to‘langach, bir oy xizmat qilib, harbiy guvohnoma olish mumkin.

Mudofaa vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston qurolli kuchlari safida 48 ming askar-zobit hizmat qiladi.
XS
SM
MD
LG