Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:24

Andijonda yonib ketgan "Navro‘z" savdo majmuasi tiklanmoqda


Андижондаги Наврўз савдо маркази ёнғиндан кейин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:28 0:00
Ozodlikning Andijondagi mobil muxbiriga ko‘ra, o‘tgan hafta yonib ketgan "Navro‘z" savdo majmuasini tiklash bo‘yicha ishlar boshlangan.

"Navro‘z" savdo markazi chor atrofi va unga eltuvchi yo‘llar beton plitalari bilan to‘silgan.

Kuyib ketgan svado markazi binosi hozirda oq mato bilan yopib qo‘yilgan, ichkarida esa ta‘mirlash ishlari boshlangan, deydi mobil muxbirimiz.

Ayni paytda, andijonlik mobil muxbirimizning aytishicha, shaharda yong‘in borasida turli mish-mishlar urchigani ham aytilmoqda.

Aytilishicha, yong‘in boshlangan paytda tadbirkorlar o‘z do‘konlaridagi buyumlarni olib chiqish uchun ichkariga kirganlarida ularning ayrimlari qimmatbaho buyumlarning talon taroj qilib bo‘linganiga guvoh bo‘lishgan.

Yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan Andijon prokuraturasi bu kabi iddaolarni tekshirmoqdami, yo‘qmi oshkor etilmayati.

"Navro‘z" savdo majmuasi 6 yanvarga o‘tar kechasi yonib ketgan edi.

Yong‘in oqibatida majmuda faoliyat yuritgan do‘kondorlar bir necha million dollarlik zarar ko‘rishgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG