Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:31

“Bunyodkor” jamoasi “Zenit”ga qarshi maydonga tushadi


Birlashgan Arab Amirliklarida 18 – 23 yanvar kunlari “Matchworld Cup Dubai 2012” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Anons.uz sayti xabariga ko‘ra, musobaqa O‘zbekistonning Bunyodkor va Rossiyaning Zenit jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi.

2010 yil 29 yanvarda Dubay shahrida ushbu jamoalar o‘rtasida bo‘lgan ilk bellashuvda Zenit 1:0 hisobida g‘olib chiqqan.

Bunyodkor futbolchilari 11 yanvar kuni BAAga yetib keldi va “Jebel Ali” mehmonxonasiga joylashdi.

Hozir jamoa mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. “Matchworld Cup Dubai 2012” musobaqasining “A” guruhida O‘zbekistonning Bunyodkor jamoasidan tashqari Rossiyaning Zenit, Shveytsariyaning Ksamaks va Iroqning Olimpiya terma jamoasi bor.

Ushbu musobaqada "Bunyodkor" bilan birga O'zbekistonning Olimpiya terma jamoasi ham qatnashmoqda. Olimpiyachilarimiz "B" guruhida Rossiyaning "Rostov" va Ukrainaning "Shaxtyor" jamoalari bilan bellashadi.

Bunyodkor va Zenit o‘rtasidagi o‘yin 18 yanvar kuni “Sport” teleradiokompaniyasi orqali Toshkent vaqti bilan soat 18:00da ko‘rsatilishi rejalangan.
XS
SM
MD
LG