Линклар

logo-print
Costa Concordia kemasi kapitan Franko Skettinining xatosi tufayli halokatga uchragan.

Bu haqda halokatga uchragan kemaning egasi bo‘lmish Costa Crociere kemachilik shirkati rahbariyati bildirdi.

"Kema qirg‘oqqa juda yaqin keltirilgan va evakuatsiya qoidalari qo‘pol buzilgan", deyiladi Costa Crociere bayonotida.

To‘rt mingdan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan Costa Concordia kemasi juma kuni tunda Italiyaning Giglio oroli yaqinidagi sayoz qumlikka tiqilib ag‘nagan.

Hozirga qadar besh odam o‘lgan, 15 odam bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Costa Concordia kema kapitani qo‘lga olingan. Unga qotillik sodir etganlik, kemani halokatga uchratish hamda kemada yo‘lovchilar bo‘la turib uni tark etganlik kabi ayblovlar qo‘yilmoqda.
XS
SM
MD
LG