Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:36

Diyego Maradona operatsiya stoliga yotqizildi


Taniqli argentinalik futbolchi va murabbiy Diyego Maradona 15 yanvar kuni Dubay kasalxonalarining birida operatsiya stoliga yotqizildi. Xabarlarga ko'ra, Maradonaning buyragidagi toshlar olingan.

Bu haqda birinchilardan bo'lib Diyego Maradona qizi Dalma xabar tarqatdi. U o'zining Twitter sahifasida operatsiya yaxshi o'tganligini yozdi va Maradona holiga qiziqganlarga rahmatlar aytdi.

- Otamga qilingan operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi. Otam holini so'raganingiz va xavotir olganingiz uchun katta rahmat!, - deb yozdi o'z izdoshlariga (follower) Dalma Maradona.

51 yoshli futbol yulduzi ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida "Al-Vasl" klubiga murabbiylik qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, Maradona 14 yanvar kuni "Al-Ahli" klubiga qarshi o'yindan so'ng (2:1, "Al-Vasl" g'alabasi) o'zini yomon his qila boshlagan va qorin qismidagi kuchli og'riq tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Diyego Maradona bir hafta ichida kasalxonadan chiqishi aytilmqoda.
XS
SM
MD
LG