Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:49

Wikipedia bir kunga yopilishi mumkin


Wikipedia (LOGO)
Wikipedia (LOGO)
Wikipedia internet-entsiklopediyasi AQShda qaroqchilikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Kongress muxokamasiga kiritilishiga norozilik belgisi sifatida bugun bir kunga faoliyatini to‘xtatib turishi mumkin.

Bu haqda Wikipedia asoschisi Jimmi Ueyls o'zining Twitter sahifasi orqali bildirdi.

Tanqidchilar fikricha, AQShda muxokama etilayotgan qaroqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi qonunchilik hukumatga Internetni nazorat qilish bo‘yicha keng vakolatlarni beradi.

Jumladan, qonun kuchga kirsa huquq tartibot idoralari ko‘rsatmasiga ko‘ra sudlar mualliflik huquqini buzgan Internet resurslarni yopish vakolatiga ham ega bo‘ladilar.

"Wikipedia" dunyodagi eng katta Internet ensiklopediya hisoblanib, dunyoning qariyb barcha tillarida xizmat ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda o‘zbek tilli "Wikipedia"da 7 mingdan oshiq maqola bor.
XS
SM
MD
LG